De Yong o'zidan kutilgan o'yinni ko'rsata olmayapti. "Barsa" uni sotib yuborishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
18 dek 2021, 07:33
"Barselona" yarim himoyachi Frenki de Yongni sotib yuborish variantini ko'rmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, kataloniyaliklar 24 yoshli futbolchi o'zidan kutilgan o'yinni namoyish eta olmayapti deb hisoblashadi.

Agar yaxshi taklif bo'lsa, "Barselona" yozda uni sotib yuborishi mumkin. Shuningdek, uning maoshi ham hozirda katta. Ayni paytda Frenkining maoshi klub uchun yiliga 30 million evroga aylanmoqda. 

Eslatib o'tamiz, "Barselona" de Yongni 2019 yilda 75 million evro evaziga sotib olgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca