De Xea va Marsyal yozda MYUdan ketishi mumkin

Sherzod Nurmatov
27 fev 2021, 23:43
Darvozabon David de Xea va hujumchi Antoni Marsyalning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi so'roq ostida.

Eurosport xabariga ko'ra, "qizil iblislar" Din Xendersonni tarkibda saqlab qolish uchun yozda ispaniyalikdan qutulishi mumkin. Ikkala darvozabon ham asosiy tarkibda bo'lishni xohlaydi, shu sababli klub bir qarorga kelishi lozim.

Forvardning "Old Trafford"dagi istiqboli "Borussiya Dortmund" vingeri Jeydon Sanchoning transferiga bog'liq. angliyalikning o'tishi fransiyalikning o'yin amaliyotiga jiddiy putur etkazishi mumkin.

30 yoshli de Xea joriy mavsum 28 ta o'yinda 37 ta gol o'tkazib yubordi. 25 yoshli Marsyal 32 o'yinda 7 ta gol urdi va 8 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Eurosport