De Xea "Real"ga transfer haqida unutishni aytgan

Mirjalol Normatov
27 mar 2018
"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea "Real"ga o'tgisi kelmayapti. Futbolchi Madrid jamoasi vakillariga ushbu transfer haqida unutishni aytgan.

So'nggi uch yil davomida "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres posbonni o'z jamoasiga olib kelish uchun jiddiy harakat qilmoqda.

Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, yanvar oyida "blankos" vakili De Xea bilan aloqaga chiqqan. David esa unga ushbu tranfer borasida boshqa bezovta qilmaslikni va bu taklifga rad javobini berishini aytgan.

De Xeaning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2019 yil yozigacha davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca