De Xea o'ta muvaffaqiyatsiz natija qayd etmoqda

22 dek 2019, 23:07
APL 18-turi doirasida "Manchester Yunayted" "Uotford" klubiga mag'lubiyatga uchradi.

Bu bahsda "qizil iblislar" darvozaboni David De Xea judayam qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. De Xea uchun afsuslanarli jihati shundaki, vaziyat gol bilan yakunlandi. Sportga ixtisoslashgan  Opta portalining ma'lumotlariga ko'ra, bu xato ispaniyalik darvozabon uchun mavsum avvalidan buyon oltinchisi ekan. De Xea golga olib kelgan jiddiy xatolarga yo'l qo'yish bo'yicha Angliya chempionatida "eng yaxshi" natijaga ega bo'lib turibdi.

Oldinroq, "qizil iblilar"ning yana bir futbolchisi Jessi Lingardning muvaffaqiyatsiz natijasi haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports