De Xea: "Kasilyas menga Ispaniya terma jamoasida omad tiladi"

Aslanov Jasurbek
13 okt 2014
Ispaniya terma jamoasi darvozaboni David de Xea milliy jamoa safida rasmiy uchrashuvda debyut qilganidan xursand.

Darvozabon  Evro2016 saralashi doirasida Lyuksemburgga qarshi o'yinda maydonga tushdi, uchrashuvda Visente del Boske shogirdlari 4:0 hisobida g'alabaga erishdi.

"O'zimni maydonda yaxshi his qilyapman. Bundan tashqari, biz muhim g'alabani qo'lga kiritdik. O'z kuchimga ishonishda davom etishi kerak. Bu jamoadoshlarimning qo'llashiga bog'liq. Maydonga chiqishimga keladigan bo'lsak, qarorni murabbiy qabul qiladi. Kasilyas esa menga omad tiladi"- deydi de Xea.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com