De Vrey "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin

Alisher
11 iyun 2022
"Inter" himoyachisi Stefan de Vrey faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 30 yoshli niderlandiyalikka "Manchester Yunayted" qiziqmoqda. Oldinroq, himoyachining o'zi "Nyukasl"ga o'tishni rad etgandi.

De Vrey o'tgan mavsum "Inter" tarkibida 41ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 28 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira