

Nufuzli jurnalist va insayder Janluka di Marcioning takidlashicha, tomonlar oxirgi kelishuvni hal qilishlari kerak. De Rossi SPAL bilan 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzolaydi.
Daniele de Rossi uchun bu to'laqonli murabbiylik faoliyatining boshlanishi bo'ladi. Bungacha u Italiya terma jamoasi shtabida ishlagan.
SPAL B Seriyada o'ynaydi. Sakkiz turdan keyin jamoa turnir jadvalida bor-yo'g'i 14-o'rinda bormoqda. Klub de Rossi jamoaga yangi nafas olib kirishiga umid qilmoqda.



