De Ligt "Yuventus"ga o'tishga juda ham yaqin

Alisher
22 iyun 2019
"Ayaks" himoyachisi Matteys de Ligt "Yuventus"ga o'tishga yaqin turibdi.

19 yoshli gollandiyalik futbolchi faoliyatini Turin klubida davom ettirmoqchi. "Keksa sinora" futbolchi uchun 60 dan 70 million evrogacha mablag' to'laydi.

De Ligt shuningdek "Barselona" va PSJdan ham takliflar qabul qilib oldi, ammo u "Yuventus" variantida to'xtadi.

"Ayaks" sardori yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 55ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 4ta assistga erishgan. Himoyachi o'zining jamoasiga Gollandiya chempionati, mamlakat kubogi va CHLning yarim finalga chiqishiga juda katta yordam berdi. Futbolchi Millatlar Ligasi finalchisi bo'ldi.

transfermarkt.de de Ligtni 75 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, de Ligt "Ayaks" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Amsterdamliklar sardori 2017 yildan boshlab Gollandiya terma jamoasiga chaqirila boshladi.


AlisherMuallif
Manba: brfootball