De Ligt turinliklar safida tibbiy ko'rikdan o'tdi

Mirjalol Normatov
17 iyul 2019, 22:12
"Yuventus" o'z rasmiy saytida "Ayaks" himoyachisi Matteys De Ligtning tibbiy ko'rigi bo'lib o'tganini ma'lum qildi.

Yaqin vaqtlarda futbolchi Turin klubi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi va yiliga 12 million evro maosh oladi. De Ligt "Yuventus"da Krishtianu Ronaldudan keyin eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi.

"Yuventus" 19 yoshli futbolchining transferi uchun 75 million evrodan voz kechadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fcjuventus.com