De Ligt: "Ronaldu yoki Messi? "Ayaks" va Ziyoshni tanlagan bo'lardim"

18 dek 2018, 01:05
​"Ayaks" himoyachisi Matteys De Ligt "Yuventus" va "Barselona" unga qiziqayotgani haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Italiya - a'lo darajadagi chempionati bilan ajoyib joy sanaladi. Biroq, ayni paytda "Ayaks" bilan Gollandiya chempionligi uchun kurashmoqdaman. YCHLda ham muvaffaqiyatli qatnashmoqdamiz. Ronaldu yoki Messi? Jamoadoshim Hakim Ziyosh va "Ayaks"ni tanlagan bo'lardim", -  dedi De Ligt.

Qayd etish kerak, 19 yoshli golland Italiyaning Tuttosport nashri tomonidan topshiriladigan Golden Boy sovrini sohibiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: english.ajax.nl