De Ligt Ronaldu va boshqa jamoadoshlari haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
7 iyun 2020
"Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligt jamoadoshi Krishtianu Ronaldudan hayratda ekanligini bildirdi.

"Ronaldu o'z avlodining eng yaxshi o'yinchisi va yosh futbolchilar uchun namuna.

Men har doim uning o'yiniga qarab, rivojlanishga harakat qilaman, chunki mashg'ulotlarda u qoyilmaqom energiya bilan ishlaydi. Siz uning haqiqatan ham 35 yoshda ekaniga shubha qila boshlaysiz.

Biz chindan ham yaxshi jamoamiz, unda kuchli yigitlar ko'p. Eng hazilkash jamoadoshlar – Janubiy Amerikaliklar. Ronaldudan tashqari Dibala va Bentankurdan hayratdaman. Ularning ikkisi ham ajoyib texnikaga ega.

Rodrigoni baholashda xato qilishyapti, uning kelajagi porloq", - deydi de Ligt Tuttosport'ga bergan intervyusida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com