De Laurentis: "UEFAdan "Napoli"ning CHLdagi o'yinlarini Barida o'tkazishni so'radim"

Aslanov Jasurbek
11 sen 2018, 17:43
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentisning ma'lum qilishicha, klub Chempionlar ligasidagi uy uchrashuvlarini Neapoldan tashqarida o'tkazishi mumkin.

"San-Paolo" ("Napoli"ning uy stadioni) - Yevropa futbolida bizning o'sishimizga salbiy ta’sir ko'rsatayotgan jihat. Etar. Endi o'zimning stadionimni quraman. Bunga ikki yil ketadi, ammo qurilish uchun er topib, o'z pullarimni sarflasam hech kim hech nima demaydi.

UEFAdan Chempionlar ligasidagi o'yinlarimizni Baridagi "San-Nikola"da o'tkazishni so'radim. Muxlislarni u erga etkazish uchun mingta avtobus ijarasiga pul sarflayman" - deydi De Laurentis.

De Laurentis "Bari" egasi hisoblanadi. "San-Nikola" stadioni o'z bag'riga 58 248 kishini sig'dira oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport