De Laurentis: "Hech kim moliyaviy feyr-pleyga amal qilmayapti"

Aslanov Jasurbek
11 dek 2018, 15:45
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentisning fikricha, ayni damda hech bir klub moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilmayapti.

"Moliyaviy feyr-pley qoidasi ishlamayapti, unga hech kim rioya qilayotgani yo'q. Agar qoida bo'yicha jiddiy nazorat bo'lganida, A Seriyaning ko'plab klublari faoliyatini to'xtatgan bo'lardi. UEFA qo'lidan kelgan barcha ishni qilmoqda, ammo o'yinga siyosat aralashmoqda" - deydi De Laurentis.

Oldinroq, "Manchester Siti" va PSJ moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia