De Laurentis CHL qur'asi haqida: "Finalchi qanday qilib uchinchi savatchada bo'lishi mumkin?"

Aslanov Jasurbek
4 sen 2018, 11:14
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis Chempionlar ligasi qur'asidan ko'ngli to'lmadi.

"Tushuntirish uchun UEFAga murojaat qilishim kerak, tushunmayapman, "Liverpul" - Chempionlar ligasi finalchisi qanday qilib uchinchi savatchada bo'lishi mumkin. Doimo qur'alar haqida bahslashganman, ular faqat qo'g'irchoq spektakli uchun xizmat qiladi. Qiyin guruh, ammo bu guruhdan chiqish juda yoqimli bo'ladi" - deydi "Napoli" prezidenti.

O'tgan mavsum "Napoli" "Manchester Siti" va "Shaxtyor"dan ortda qolib, Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga chiqa olmagan edi. Joriy mavsum PSJ, "Liverpul" va "Crvena Zvezda" "Napoli" bilan bir guruhdan joy oldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia