De Bur "Nyukasl"ga o'tmaydi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2015, 18:41
"Ayaks" bosh murabbiyi Frank De Bur Amstyerdam klubida o'z ishini davom ettiradi
44 yoshli De Burning anchadan buyon "Nyukasl"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi. Jon Karver mavsum oxiriga qadar jamoa bosh murabbiyi lavozimida ishlaydi.

"Sent-Jeyms Park" stadioni klubi rahbarlari "Lion" ustozi Remi Gard va De Burning nomzodidan birini tanlashlari mumkin. Biroq Frank "Ayaks"dagi faoliyatini davom ettirishini ma'lum qildi.

"Vaziyatni oxirigacha aniqlashtirib olmoqchiman. Agar klublar Mark Overmars ("Ayaks" sport direktoriga) yoki mening agentimga qo'ng'iroq qilishsa, ular uchun bandman", - deydi De Bur  ESPN nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru