De Bryuynening ehtimoliy yangi klubi ma'lum, u Italiyadan

Alisher Ostonov
24 may 2025
Kevin De Bryuyne "Napoli" safida o'ynashga rozi.

Insayder Janluka Di Marcioning ma'lum qilishicha, "Manchester Siti"ni tark etayotgan yarim himoyachi neapolliklarga ular uchun o'ynash varianti o'zini ham, oilasini ham qoniqtirishini aytgan.

Endi tomonlar hamkorlikning moliyaviy shartlari bo'yicha kelishib olishlari kerak. Qayd etilishicha, belgiyalikning talablari etarlicha yuqori, shuning uchun ko'p narsa "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentisning qaroriga bog'liq bo'ladi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com