

"Jamoadagi jarohatlar tufayli tezda o'yinga tushdim, ammo "Siti" darajasidagi futbolchi bo'lishga harakat qildim. O'zimning birinchi qadamlarimdan mamnunman va formamni yaxshilab, yuqori darajadagi o'yin ko'rsatishni istayman.
Gol urganimdan mamnunman, ammo men uchun asosiysi jamoaning g'alabasi. Bizga natijalar kerak, ko'ramiz, guruh bosqichining qolgan bahslarida qanday o'yin namoyish etar ekanmiz" - deydi "Manchester Siti" futbolchisi.



