Dayer mavsum so'nggiga qadar safdan chiqdi

Aslanov Jasurbek
13 fev 2017
“Suonsi Siti” klubi yarim himoyachisi Natan Dayer jarohat sabab mavsum so'nggiga qadar safdan chiqdi.

Dayer APLning 25-turi doirasidagi “Lester Siti” (2:0) bilan bo'lib o'tgan uchrashuvning 7-daqiqasidayoq jarohat olib, maydonni muddatidan avval tark etgan edi.

Endi futbolchi jarrohlik stoliga yotishga majbur. 29 yoshli Dayer joriy mavsumda 8ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmaga mualliflik qilgandi. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: