Davron Fayziev: "Menimcha "Qizilqum" bizni o'yindan oldin "yutib qo'ygandi"

Narzulla Saydullayev
16 apr 2017, 09:27
"Qizilqum" - "So'g'diyona" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev o'z fikrlarini bildirdi.
O'yin juda qiziqarli o'tdi. Chunki ikkala jamoa ham ochiq o'yin namoyish etdi. Bugun "Qizilqum"ni hurmat qilgan holda aytishim kerak, menimcha o'yindan oldin jamoa futbolchilari g'alabaga ishonib qolgandek taassurot uyg'otdi. Balki men xato o'ylagandirman. Ular o'tgan turda "Bunyodkor"ni mag'lub etgandi. Men shogirdlarimga hech nimadan qo'rqmay o'ynashni aytgandim.

So'nggi daqiqalarda "Qizilqum" g'alaba qozonib ketishi ham mumkin edi. Ko'plab vaziyatlardan foydalana olmaganimizni ham takidlash lozim. Uchrashuv prevyusini o'qiganimda "So'g'diyona" anchadan buyon "Qizilqum" maydonidan ochko ololmayotganini ko'rdim. Bu ananaga barham berdik.

Bu yilgi chempionatimizda kuchsiz jamoani ko'rmayapman. Katta sensaciyalar ko'p bo'lmoqda", - deydi Fayziev.

"Qizilqum" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia