Davron Fayziev: "Keling, shu savolni ochiq qoldiraylik"

Sherzod Nurmatov
2 avg 2022, 21:42
Superliga 14-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Neftchi" (3:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar boy murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Bugungi o'yin derbi maqomida o'tdi. Bunday o'yinda faqat muxlislar yutadi. Qiziqarli va gollarga boy o'yin guvohi bo'ldik.

Futbol xatolardan iborat. Durang har ikki jamoani ham qoniqtirmagani aniq. 3 ta hujumchimiz 3 ta gol urdi, bu quvonarli holat.

Takror aytaman, o'yin hissiyotlarga boy bo'ldi. Oldimizda qilinadigan ishlar ko'p. Xato va kamchiliklar ustida ishlaymiz.

- Javohir Sidiqov va Murod Xolmuhammedovning o'yinida pasayish kuzatilayotgandek...

- G'alaba jamoaniki, mag'lubiyat esa murabbiyniki. Bu yerda Javohir yoki Murodni ayblash noto'g'ri. Natijaga butun jamoa javobgar.  Futbolda kimdir xato qiladi va undan kimdir unumli foydalanadi.

- 3:3 hisobidan qoniqdingizmi?

Mag'lubiyatga uchrab turib 3:3 qilganimizni qoniqarli deyish mumkin. Lekin bir kishi kam jamoa bilan 2:1 hisobini boy berishi – bu juda yomon xolat. Gol urishga imkoniyatlarimiz bo'ldi, ammo raqib ham yaxshi himoyalandi. Hozir ochko yo'qotdik yoki qo'lga kiritdik, deyish noto'g'ri bo'ladi. O'yindagi hisobdan xotirjamlikka berilish xato bo'ldi.

- Jamoa yozgi transferlar oynasida faollik qilmaganiga sabab nima bo'ldi?

- Ochig'i, bu savolni kutgandim. Lekin, keling bu savolni ochiq qoldiraylik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia