Davron Fayziev: "Bizga bugungi o'yinda omad yetishmadi"

Administrator
5 apr 2023, 22:17
O'zbekiston kubogi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Juda qiziqarli o'yin bo'ldi. Bugun bizga omad yetishmadi. Vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik. Bugun o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynaganimiz tufayli yoshlarga ham imkon berdik. Imkoniyatlarini chamalab oldik, sinovdan o'tkazdik. Yomon harakat qilishmadi, aytib o'tganimdek bizga omad yetishmadi.

"Nasaf" yaxshi shakllangan jamoa. Tarkibida kuchli ijrochilar bor. Qo'qonda esgan shamol ham har ikki jamoaning o'yiniga ta’sir ko'rsatdi.

- Golda darvozabonning xatosi bor deb o'ylaysizmi?

- Yo'q, bunda faqat darvozabonni ayblamagan bo'lardim. Golda hammaning xatosi bor. Himoyachilar, yarim himoyachilar, zarbagacha qo'yib berdik. Darvozabondan ham xato bor, lekin ayb to'liq unda emas. Zarba berilgan vaqtda to'p yo'nalishi o'zgardi, bu darvozabonni chalg'itdi. "Nasaf" bizning jarima maydonimiz atrofida xavfli vaziyatlar yaratishiga tayyor edik. Shundan boshqa vaziyatlarda biz ularga imkon bermadik.

- Kubok qur'asiga munosabatingiz qanday? Masalan, kimdir uyda, kimdir safarda ko'proq o'ynashiga fikringiz qanday?

- To'g'ri, biz qolgan ikkita o'yinni safarda o'tkazamiz. Reglamaent shunday va biz uni hurmat qilamiz. Lekin baribir har bir jamoa safarda ham o'ynaydi, to'liq uyda o'ynamaydi.

Bizga Superliga yo'llanmasi vazifasi qo'yilgan. Endilikda bor e'tiborimizni chempionat o'yinlariga qaratamiz. Biroq bu kubok o'yinlariga e'tiborsiz ekanimizni anglatmaydi. Bizning vazifamiz shu, o'yin bormi, maydonga chiqdikmi, demak g'alaba uchun harakat qilamiz.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia