Davron Fayziev: “Bu yilgi ishtirokimiz tasodif emasligini isbotlamoqchiman”

Narzulla Saydullayev
25 dek 2013, 13:00
Kecha O'FF majlislar zalida bo'lib o'tgan oliy liga o'yinlariga qur'a tashlash marosimidan so'ng Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziev bilan suhbatlashdik.
- Qur'a tashlash marosimida murabbiylar o'zaro fikr almashib chempionat tizimiga kichik bir o'zgartirish kiritildi. Endi Ikkinchi davraning birinchi bahsi chempionatdagi birinchi turda o'ynagan jamoa bilan davom ettiriladi. O'ylaymanki bu – chempionatga bo'lgan qiziqishni ortishiga sabab bo'ladi.

- Qur'a natijalariga ko'ra etiroz bo'lishi mumkin emas. Bu yil chempionatning birinchi o'yinida “Bunyodkor”ga qarshi o'ynagan edik. Kelasi mavsumni esa o'z maydonimizda boshlaydigan bo'ldik.

- Chempionatning ilk uchrashuvini o'z maydoningda o'tkazish yaxshi. Har xolda o'z uyingda devorlar ham yordam beradi degan gap bor. Muxlislarning olqishi tufayli ham g'alaba qozonish osonroq bo'ladi. Lekin safarda o'ynashning ham foydali tomonlari bor. Ortiqcha bosim bo'lmaydi. Umuman olganda qayerda o'ynashning  ahamiyati yuqori emas. Shuningdek qaysidir jamoa bilan to'qnash kelish muhim emas. Chunki qachondir baribir o'sha klubga qarshi o'ynash kerakku. Shu bois bu borada ortiqcha etiroz yo'q.

- Nasib qilsa kelasi mavsumda ham munosib ishtirok etib, joriy chempionatda qayd etgan natijamiz tasodif emasligini isbotlamoqchiman.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia