David Silva Manjukich va Benatiya o'ynayotgan Qatar klubiga o'tishi mumkin

Alisher
8 iyun 2020, 13:54
"Manchester Siti" yarim himoyachisi David Silva faoliyatini Qatarning "Al Duxayl" klubida davom ettirishi mumkin.

34 yoshli ispaniyalik futbolchining "Siti" bilan tuzgan shartnomasi shu yozda yakuniga etadi. Silvaning Angliyadagi 10 yillik faoliyatidan so'ng boshqa chempionatga ketishi kutilmoqda.

Tarkibida Mario Manjukich va Mexdi Benatiya kabi yulduzlar o'ynaydigan Qatar klubi ispaniyalikni ham tarkibga jalb qilishi mumkin.

Oldinroq, Silvaga "Valensiya" va "Betis" klubilari qiziqayotganligi xabar qilingan edi. Futbolchi joriy mavsum 28ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal