David Luizning "Arsenal"dagi taqdiri hal bo'ldi

Mirjalol Normatov
14 may 2021
"Arsenal" markaziy himoyachisi David Luiz klubdan kyetishga qaror qildi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, futbolchi 30 iyun kuni yakunlanadigan shartnomasini uzaytirmasligini klub rahbariyatiga ma'lum qilgan. 34 yoshli braziliyalik qaysi jamoaga o'tishi borasida bir qarorga kelmagan.

Luiz 2019 yilning avgustidan buyon "Arsenal" tarkibida 73 o'yinda 4 gol va 1 assist amalga oshirdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic