David Luiz: "Chelsi" Kepa uchun qancha to'lagani muhim emas"

Tolibjon Qosimov
8 avg 2018, 21:13
"Chelsi" himoyachisi David Luiz darvozabon Kepa Arrisabalaganing "Atletik"dan transferi haqida gapirdi.

Londonliklar ispaniyalik uchun 80 million evro to'lashadi va u dunyoning eng qimmat darvozaboniga aylanadi.

"U ajoyib darvozabon, aynan shu sabab hozir hamma u haqida gapirmoqda. Moliyaviy tarafi? dunyodagi barcha klublar pul sarflashadi, faqat "Chelsi" emas. Summa muhim emas. Biz mamnunmiz, chunki "Chelsi"da doim klub foydasi uchun ishlanadi", - dedi Luiz.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com