David Luis: "PSJ joriy mavsumda Chempionlar ligasi g'olibi bo'ladi degan umiddaman"

Aslanov Jasurbek
7 mar 2016, 11:10
PSJ himoyachisi David Luis ushbu mavsumda uning jamoasi Chempionlar ligasi g'olibi bo'lishga umid bildirdi.

"PSJ joriy mavsumda turnirda g'olib bo'la oladimi? Umid qilaman, chunki biz bu maqsadga erishish uchun bor kuchimizni ishga solyapmiz. Uzoq yo'l bosib o'tdik. Har yili o'rganyapmiz va mag'lubiyatlardan kerakli xulosa chiqaryapmiz. O'tgan yili g'olib bo'la olmadik va bu vazifani joriy mavsumda uddalaymiz deb umid qilaman. Ko'pchilik futbolchilar 3-4 yildan beri birga to'p tepyapti" - deydi braziliyalik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA