David Luis "Loryan"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
1 noya 2014, 16:53
PSJ himoyachisi David Luis "Loryan"ga qarshi Fransiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

Braziliyalik futbolchi kechagi mashg'ulotlarda ishtirok etmadi va o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.

Xabarlarga ko'ra, futbolchi jarohatidan butunlay tuzalganicha yo'q va shu sabab oldingi ikki o'yinlarda ham maydonga tushgani yo'q.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com