David Luis faoliyatini MLS'da davom ettirishi mumkin

Alisher
5 may 2021
"Arsenal" himoyachisi David Luis okeanortiga yo'l olishi mumkin.

34 yoshli braziliyalik futbolchining vakillari o'yinchi uchun yangi klubi izlashni boshlagan. Xabarlarga ko'ra, uning xizmatlari bir necha MLS klublariga taklif qilinmoqda.

Eslatib o'tamiz, himoyachining londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

David Luis joriy mavsum "kanonirlar" safida 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: CBS Sports