Darvin Nunes Ispaniyaning grandiga o'tishi mumkin

Khoja
19 mar 2025
Joriy mavsum Liverpulda ishlari yurishmayapgan Darvin Nunes faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Hujumchiga Atletiko jiddiy qiziqish bildirmoqda. Madridliklar yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Antuan Grizmanning o'rniga aynan Darvin Nunesni olib kelishmoqchi. Ispaniyaliklar hujumchini sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olishni maqsad qilgan.

Ma'lumot uchun, joriy mavsum Darvin Nunes APLda 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 2 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru