

"A Seriyaga qaytishni orzu qilyapman. Meni Italiya terma jamoasiga chaqirmay qo'yishlaridan qo'rqaman. "Manchester Yunayted" - dunyoning eng yirik klublaridan biri. Bu yerda har bir futbolchi asosiy tarkibdagi joy uchun kurashishi kerak va men shuning uchun mehnat qilyapman. Ko'proq o'ynashni istayman, xatto buning uchun Manchesterni tark etish kerak bo'lsa ham" - deydi Darmian.
Oldinroq, Darmian xizmatlariga "Yuventus" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" Darmianni 20 mln evroga sotmoqchi.



