Darko Gojkovich: "O'yinimiz kundan-kunga sifatliroq bo'lib bormoqda"

Narzulla Saydullayev
21 avg 2016, 17:50
Oliy liga 19-turidan o'rin olgan “Buxoro” - “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng, Qo'qon jamoasining serbiyalik himoyachisi Darko Gojkovich o'z fikrlarini bayon qildi.

- “Andijon”dagi g'alabadan so'ng Buxoroga yaxshi kayfiyatda yetib kelgan edik. Buxoroda ham uchrashuvni xuddi shu ruhda boshladik. Bir xatomiz evaziga dastlabki golni o'tkazib yubordik. Keyin shubhali tarzda darvozamizga penalti belgilandi va biroz muvozanatni yo'qotdik. “Buxoro” jamoasi kuchli , yaxshi ijrochilarga ega jamoa ekan. Lekin o'yin borasida yaqqol ustun deya olmayman. Biz yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik va natijada mag'lubiyatga uchradik.

Bizning jamoada juda yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Men bu jamoaning bir bo'lagi ekanimdan mamnunman. O'ylaymanki kundan-kunga jamoamizning o'yini sifati ortib boradi va muxlislarni g'alabalar bilan xursand qilamiz.

O'zbekiston oliy ligasida to'rt uchrashuvda maydonga tushdim. Bu yerda futbolni sevishar ekan. Muxlislarimiz kamchilik bo'lsada, hatto Buxoroga ham yetib borishdi. O'zbek futboli Yevropa futbolidan farqi shundaki , bu yerda texnikaga asoslangan , uzoq paslar bilan o'ynaladigan futbol o'ynashmoqda. Yevropada ko'proq qisqa paslar bilan taktik futbol namoyon bo'ladi - deydi Darko Gojkovich.


"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia