Danso: "Mbappe jarohat olganidan afsusdaman"

Оқил Абдубарноев
19 iyun 2024
Avstriyalik futbolchi Kilian Mbappe bilan bo'lgan to'qnashuv haqida gapirdi.

Avstriya terma jamoasi himoyachisi Kevin Danso Fransiyaga qarshi 2024 yilgi Yevropa chempionati guruh bosqichi o'yinida Kilian Mbappe bilan to'qnashib ketgani haqida gapirdi.

"Kilian Mbappe o'yin davomida jarohat olganidan afsusdaman. Uning tezroq tuzalib, maydonga qaytishiga umid qilaman", - dedi Danso.

Mbappe terma jamoasida ikkita o'yinni o'tkazib yuborishi kutilmoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: instagram.com/kevin.danso/