

Avvalroq, Daniya terma jamoasining 21 kishilik tarkibi ma'lum qilingandi. Yevropa chempionatlari uchrashuvlari yakunlanganidan so'ng ro'yxat to'ldirilishi aytilgandi.
Yakuniy ro'yxatga Frederik Rennov (darvozabon, Union Berlin), Aleksander Ba (himoyachi, Benfika), Yussuf Poulsen (hujumchi, RB Leyptsig), Robert Skov (yarim himoyachi, Xoffenxaym) va Kristian Nergor (yarim himoyachi, Brentford) kiritilgan.
Daniya JCH-2022dagi ilk o'yinini 22 noyabr kuni Tunisga qarshi o'tkazadi.



