Daniya saralashdagi 9 ta o'yinning barchasida g'alaba qozondi, to'plar nisbati - 30:1

Aziz Tukhtamuradov
13 noya 2021
Daniya terma jamoasi JCH-2022 saralashida Farer Orollari terma jamoasini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Bu orqali daniyaliklar ushbu saralashdagi g'alabalari sonini to'qqiztaga (9 ta o'yinda) etkazib olishdi. To'plar nisbati esa 30:1ni tashkil etadi. 

JCH-2022 yo'llanmasini naqd qilgan daniyaliklar kechagi o'yinga kelibgina Farer Orollari terma jamoasidan gol o'tkazib yuborishdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sports.ru