Danilo "Las-Palmas"ga qarshi o'yinga tayyor

Aslanov Jasurbek
28 fev 2017, 21:14
"Real" himoyachisi Danilo jarohatidan qutildi va o'z jamoasiga "Las-Palmas"ga qarshi LaLiganing 25-tur uchrashuvida yordam berishga tayyor.

Futbolchi so'nggi mashg'ulotda cheklovlarsiz ishladi.

Braziliyalik himoyachi 11 fevral kuni "Osasuna"ga qarshi LaLiganing 22-tur uchrashuvida jarohat olgan edi. Shikastlanish tufayli Danilo maydonni 57-daqiqada tark etdi.

Oldinroq "Vilyarreal"ga qarshi bahsda (3:2) jiddiy jarohatdan qutilib qolgan Garet Beyl ham bu o'yinda maydonga tusha olishi e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS