Danilo Chempionlar ligasi favoritlarini sanadi

Sherzod Nurmatov
7 sen 2021
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Danilo Chempionlar ligasi 2021/22 yilgi mavsumida kimlar chempionlik uchun kurashishini aytdi.

"Biz favoritlar safida emasmiz. Qog'ozda "Liverpul", PSJ va "Manchester Siti" bir qadam oldinda", – dedi braziliyalik.

"Yuventus" CHL guruh bosqichida "Chelsi", "Zenit" va "Malmyo" bilan o'ynaydi.

"Keksa sinora" o'tgan mavsumda 1/8 final bosqichida musobaqadan chiqib ketgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: juvefc.com