Daniel Karvaxal: "YCHL finaliga oz fursat qolayotganini his qilish hayajonli"

Tolibjon Qosimov
22 may 2014, 10:49
"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal YCHL finalida o'ynashni istayotganini ma'lum qildi.
"Yevropa chempionlar ligasi finaliga oz fursat qolayotganini his qilish yoqimli, - deydi Karvaxal UEFA rasmiy saytiga. - Maydonga tushib ushbu o'yinda qatnashishni istayman. Shanba kungi bahs bu mavsumdagi "Atletiko"ga qarshi o'yinlardan farq qiladi.

"Real" 10-Yevropa chempionlar kubogini qo'lga kiritishi mumkin, "Atletiko" esa birinchisini. Bu doim hayajonli".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net