Daniel Alves: “Barselona” yangicha o'yin uslubini qidirish yo'lida turibdi”

20 sen 2013, 11:01
“Barselona” klubi himoyachisi Daniel Alves, Chempionlar ligasi 1-tur guruh bosqichi doirasida “Ayaks” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:0), jamoadagi o'yinning o'zgarib borayotgani haqida gapirib o'tdi.

“Ayaks” ustidan qog'onilgan g'alaba, bizning o'yinimiz yaxshilanib borayotganini va o'yinimizni boshqacha uslubda o'zgarganini ko'rsatdi.

Ayni paytda jamoa yangicha uslubni qidirish yo'lida turibdi va o'tish davrini boshdan o'tkazayapti. Biroq biz g'alaba qozonayapmiz, demak to'g'ri yo'ldan borayapmiz.

O'yinda o'zgarishlar katta emas. Biz raqibning o'yiniga qarab o'yin uslubini tanlaymiz va o'yinimizga salgina yangilik kiritamiz.

Bizga ko'plab golli vaziyatlarni yaratib beradigan yangicha g'oya kerak”, - deydi futbolchi Barca TV ga bergan intervyusida.


Manba: sports.ru