Dani Sebalos jarohat sabab 3 haftani o'tkazib yuboradi

Bu haqida Sky Sports nashri xabar tarqatdi.

Londonning "Arsenal" klubida ijara asosida harakatlanayotgan yarim himoyachi Dani Sebalos "Viktoriya Gimaraynsh"(1:1) klubiga qarshi uchrashuvda jarohat orttirib oldi. 23 yoshli futbolchi uchrashuvning 54-daqiqasida almashtirildi. Sebalos yaqin 3 haftani o'tkazib yuborishi kutilmoqda. Ispaniyalik futbolchining aynan qachon safga qaytishi chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik xulosalari chiqqach aniq bo'ladi.


Manba: Sky Sports