Dani Alves Yuventusdan ketishi mumkin

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2017, 09:05
Yuventus himoyachisi Daniel Alves Turin klubi rahbariyati oldiga ultimatum qo'ydi.

34 yoshli braziliyalik futbolchi keyingi yil yozda erkin agentga aylanishi mumkin. U shartnomani 2019 yilga qadar uzaytirishni talab qildi, aks holda shu yozdayoq Yuventusdan ketadi.

Alvesga Chelsi, Xitoy klublari va Manchester Siti da'vogarlik qilishmoqda. Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan birga himoyachi Barselonada faoliyat olib borgan.

O'tgan mavsumda Dani Alves 33ta o'yinda 6ta gol urdi va 7ta golli pas oshirdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net