Dani Alves: "Shu kun kelishiga ishonardim"

Sherzod Nurmatov
13 noya 2021
Braziliyalik himoyachi "ko'k-anorranglilar" safiga qaytgani haqida fikr bildirdi.

Bir paytlar "Barselona" bilan 23 ta sovringa ega chiqqan 38 yoshli Dani Alves shartnoma imzolagandan keyin o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.

“Men deyarli 5 yil davomida shu daqiqalar uchun telbalarcha kurashdim. Bunchalik uzoq vaqt kyetishini va bunchalik qiyin bo'lishini bilmasdim, lekin ich-ichimdan shu kun kelishiga ishonardim.

Hech qachon tark etmaydigan joyimga qaytdim. “Barselona”dan ketayotganimda: "Men sizning a'zolaringizdan biriman. Bu orzum qancha davom etishini bilmayman, biroq u davom etar ekan, abadiy bo'lsin!", – degandim.  

Ko'rishguncha!  Men xuddi birinchisida bo'lgani kabi ishtiyoq bilan va dunyodagi eng yaxshi klubning tiklanishiga yordam berish istagi bilan keldim!", – deb yozdi Alves Instagram'da.

Dani keyingi haftadan mashg'ulotlarga kirishadi, ammo yanvargacha maydonga tusha olmaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/danialves