Dani Alves David Luizning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
17 sen 2021
Braziliyaning "Flamengo" klubi yaqinda erkin agentga aylangan futbolchi Dani Alvesga qiziqish bildirmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Rio-de-Janeyro klubi "San-Paulu" bilan shartnomasini bekor qilgan 38 yoshli brazilik himoyachini o'z tarkibiga qo'shib olishi mumkin.

Oldinroq xabar berilganidek, Dani Alves Tokio Olimpiadasidan so'ng to'lanmagan 2 million dollar qarz sabab klubga qaytishni rad etgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira