Dani Alves: "Barselona"da meni qadrlashmadi"

Mirjalol Normatov
19 iyul 2020, 17:19
"Barselona" sobiq futbolchisi Dani Alves 2016 yili klubdan ketgani haqida gapirdi.

"Egoist emasman. "Barselona"ni doim sog'inaman. U erni o'zimning uyimdek bilaman. O'sha kunlari 8 yil davomida "Barselona"da o'ynab, orqa eshikdan ketishimni aytgandim.

Jahlim chiqdi, "Barselona" uchun ko'r ish qildim, biroq ular menga yangi shartnoma taklif qilishmadi. O'shanda eng yaxshi mavsumimni o'tkazgandim. Meni qadrlashmadi.

"Real" menga ikki baravar pul taklif qilgandi, lekin "Barsa"ni tanlagandim. Biroq ketadigan vaqtni o'zim tanlamoqchi edim. Taslim bo'ldim va shunchaki boshimni egib, u yerdan ketdim.

Afsuslanmayman, barchaning oldida vijdonim toza bo'lib qoldi. Ammo qaytadigan eshikni qattiq yopib ketganim yo'q", - dedi Alves.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com