Dani Alves: "Aleksis PSJga o'tsa yaxshi bo'lardi"

Aslanov Jasurbek
12 okt 2017, 12:32
PSJ himoyachisi Dani Alves "Arsenal" hujumchisi Aleksis Sanchesni o'z jamoasida ko'rishdan xursand bo'lishini aytdi.

Ayni damda Chili terma jamoasi futbolchisiga "Manchester Siti" da'vogarlik qilmoqda.

Oldinroq, PSJ Aleksis uchun "Arsenal"ga 10 mln. evro taklif qilmoqchi edi.

"Sanches PSJga o'tishi mumkin, ammo u ko'plab klublarning transfer maqsadi hisoblanadi. U bizga o'tsa yaxshi bo'lardi. Doimo unga yuqori baho berganman va Sanches qaerga o'tmasin, baxtli bo'lishini istayman, ammo agar bu biz bilan bo'lsa yanada yaxshi" - deydi Alves.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN