Dani Alves agenti: "Futbolchi uchun yangi klub qidiramiz"

Aslanov Jasurbek
4 fev 2015, 12:17
"Barselona" himoyachisi Dani Alves va uning agenti Dinora Santananing hisoblashicha, klub braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish haqida o'ylayotgani yo'q.

"Barselona" vakillari hozirgacha Alvesning shartnomasi borasida biz bilan aloqa qilmadi. Endi futbolchiga yangi klub qidirishimizga to'g'ri keladi. Ular bundan saviyadagi futbolchini ketishiga yo'l qo'yib berayotgani g'alati" - deydi Santana.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com