"Dandi Yunayted" darvozaboni 23 daqiqa ichida 3 ta penalti qaytardi

Aslanov Jasurbek
11 sen 2016, 16:41
"Dandi Yunayted" darvozaboni Kemmi Bell Shotlandiya chempionati birinchi divizioni 5-turining qahramoniga aylandi.

Posbon "Danfermlayn"ga qarshi bahsda 23 daqiqa ichida 3 ta penaltini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. U 9, 27, 32-daqiqalardagi 11 metrlik jarima zarbasida jamoasini gollardan qutqarib qoldi.

Bu bahsda "Dandi Yunayted" 3:1 hisobida g'alabaga erishdi, ammo darvozabonning ajoyib o'yini bo'lmaganda jamoa mag'lubiyatga uchrashi mumkin edi.

TAS-IX emas



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com