Dalotga top-klublardan qiziqishlar bor

Mirjalol Normatov
26 apr 2020
"Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot "Barselona" qiziqishlari doirasida.

"Tribal Football" xabariga ko'ra, Kataloniya klubi skautlari 21 yoshli futbolchining o'yinlarini ancha vaqtdan buyon kuzatib borishmoqda. Uning xizmatlariga PSJ va "Tottenxem" tomonidan ham qiziqishlar bor.

Futbolchi o'ng qanot himoyasida Aaron Uan-Bissakaga raqobatda mag'lub bo'lganidan keyin u jamoadan kyetishga qaror qilgan. Ushbu mavsumda u barcha turnirlarda 10 o'yinda 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tribal Football