Dalot "Roma"ga o'tishga rozi

Alisher
18 noya 2021
Portugaliyalik himoyachi Diogu Dalot A Seriyaga yo'l olishga yaqin.

"Manchester Yunayted" o'yinchisi "Roma" taklifini qabul qildi. Diogu vatandoshi bo'lmish Joze Mourinyu qo'l ostida ishtirok etmoqchi.

Agar "Old Trafford"ga Kiran Tripper kelsa, Dalotni yanvardayoq sotishlari mumkin. Oldinroq ma'lum bo'lganidek, manchesterliklar angliyalik futbolchining agenti bilan muzokaralarga kirishgan.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalikning "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato