Dalot "Manchester Yunayted"dan kyetishi mumkin

Alisher
2 iyul 2021
"Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot yozgi transfer oynasida klubdan kyetishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Angliya klubi portugaliyalikni ijaraga berish variantini ko'rmayapti, gap faqat to'laqonli transfer haqida ketmoqda.

22 yoshli Dalot o'tgan mavsumni "Milan"da o'tkazdi, u 33ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Futbolchining manchesterliklar bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano