Daka Yevropa ligasida turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Aslanov Jasurbek
22 okt 2021, 19:27
"Lester" forvardi Petson Daka Yevropa ligasi guruh bosqichi 3-turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Chorshanba oqshomida zambiyalik futbolchi "Spartak" posboni Aleksandr Maksimenko darvozasini to'rt marta ishg'ol qildi. "Tulkilar" Rossiya poytaxtida 4:3 hisobida g'alabasi qozondi.

"Spartak"ga qarshi o'yindan bir necha kun oldin Petson Daka Premer-ligada gol urgan birinchi zambiyalik futbolchi bo'ldi. Keyinroq Daka "Manchester Yunayted" darvozabonini xafa qilgandi.

Eslatib o'tamiz, "Lester" o'z guruhida "Napoli" va "Legiya"dan so'ng uchinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: uefa.com